“Talabalar festivali” doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi o‘tkazildi

14-Dekabr 2023, 07:00
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 13-dekabr kuni viloyat Yoshlar markazida Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi.

"Talabalar festivali" doirasida tashkil etilgan mazkur tanlovda 4 ta jamoa - tanishtiruv, biatlon (qisqa hazillar), musiqali chiqish shartlari bo'yicha bellashdilar.

Hakamlarning yakuniy qaroriga ko'ra, 1-o'rinni Geografya va agronomiya fakultetining “Geostar” jamoasi, 2-o'rinni Kimyo-biologiya fakultetining “Yadro” jamoasi hamda 3-o'rinni Pedagogika fakultetining “Milliy” jamoalari qo'lga kiritishdi.

G'olib jamoalar tegishli ravishda 5 000 000 (besh million), 4 000 000 (to‘rt million) va 3 000 000 (uch million) so'm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.