Sog‘lom avlod va irsiy kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati
Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida talaba-qizlar o‘rtasida kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, sog‘lom oilani shakllantirish hamda sog‘lom farzand tug‘ilishini ta’minlashga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir fakultet Xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Eshmirzayeva, Tibbiyot fakulteti katta o‘qituvchisi A.Xolmurodov hamda Tibbiyot fakulteti Xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Ochilova tomonidan olib borildi. Uchrashuvda irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari, DNKdagi o‘zgarishlar hamda mutagen omillar (radiatsiya, kimyoviy ta’sirlar va boshqalar) haqida tushuntirish berildi. Tadbida, shuningdek, talabalar ham faol ishtirok etib, savol-javoblar, she’r va sahna ko‘rinishlari orqali sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish hamda erta aniqlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.