Talabalar ligasi doirasida kurash bo‘yicha Respublika final bahslari o‘tkazilmoqda
Termiz davlat universitetida 12 ta sport turini qamrab olgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli talaba polvonlari gilamda o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Qarshi davlat universiteti talaba-sportchilari ham musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
73 kg vazn toifasida — Ramziddin O‘rozdavlatov
81 kg vazn toifasida — Abror Qulmuhammadov
90 kg vazn toifasida — Jasur Majidov
Qarshi davlat universiteti jamoasi sportchi talabalarimiz hamda ularning murabbiyi Odilbek Suyunovni ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi bahslarda ularga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.