Qarshi davlat universitetida KOICA bilan hamkorlikning yangi bosqichi
10-Iyul 2026, 07:58
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetiga Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning Toshkent ofisi vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida KOICA koordinatori Ho Subin, loyihalar menejeri Shukurullo Shukurov hamda kichik mutaxassis Kim Taeyeon universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda KOICA ko‘ngilli o‘qituvchisi Choe Jaewon 2026-yil avgust oyidan boshlab Qarshi davlat universitetida koreys tili mashg‘ulotlarini olib borishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar KOICA bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik koreys tili ta’limini yanada rivojlantirish, xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.