Mansurov Mansur AlisherovichQarshi davlat universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori,
|
Mansurov Mansur Alisherovich 1985-yil 29-mayda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bakalavriatini, 2012-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — menejment. Mansur Mansurov mehnat faoliyatini 2012-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Avtomatlashtirish va boshqaruv” fakultetida uslubchi sifatida boshlagan. Keyinchalik mazkur oliygohning “Menejment” va “Korporativ boshqaruv” kafedralarida assistent, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, Matbaa texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari, “Korporativ boshqaruv” kafedrasi mudiri hamda dotsenti, Iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025–2026-yillarda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2026-yil 16-iyuldan Qarshi davlat universitetining Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.