Yevropa universiteti bilan ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

10-Iyul 2026, 08:00
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetiga Ispaniyaning Valladolid universiteti delegatsiyasi ERASMUS+ KA171 dasturi doirasida tashrif buyurdi. Uchrashuvda Qarshi davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpulatov hamda Valladolid universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori José Ramón González va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Mar Fernández Sainz ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlar tomonidan Valladolid universitetining Doktorantura maktabi faoliyati, ERASMUS+ KA171 dasturi imkoniyatlari, Osiyo davlatlari talabalari uchun magistratura grantlari, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi hamda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan Qarshi davlat universiteti doktorantlari uchun taqdimotlar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida ERASMUS+ KA171 dasturi doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, akademik almashinuvlar ko‘lamini kengaytirish hamda yangi qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.