Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) o‘qituvchi-stajyor lavozimiga tanlov e’lon qiladi
Iqtisodiyot (7), Turizm va marketing (1), kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
4. SCOPUS ва WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;
5. (B2, C1, C2); sertifikatiga ega bo‘lgan hamda ingliz tilida dars mashg‘ulotlarini olib borish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Rektor nomiga ariza.
2. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (Ma’lumotnoma)
3. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari.
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati
5. Malaka oshirganligi to‘g‘risida guvohnoma.
6.Eslatma: Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti (Iqtisodiyot kafedrasi) yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlar xususiyatidan kelib chiqib jumladan: Buxgalteriya hisobi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Bank ishi, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, (Turizm va marketing kafedrasi uchun Marketing va biznesni boshqarish) mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqib mutaxassislar tanlab olinadi.
Hujjatlar gazetada e’lon chop qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.
Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.
Telefon: (75) 221-02-10, 221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz