QarDU talabasi Sevinch Toshpoʻlatova — Jahon chempioni!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sportning qozoq kurashi (Qazaq Kuresi) turi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi XII Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning 24 ta mamlakatidan 200 nafarga yaqin sara polvonlar ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 2-bosqich talabasi Toshpoʻlatova Sevinch Sobirjon qizi tengsiz ekanini isbotladi. Hamyurtimiz 56 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi va Jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi! Mazkur yuksak muvaffaqiyatda sportchimizning oliygoh kurash toʻgaragidagi tajribali murabbiyi Dilshod Soatovning ham hissasi katta. Sevinch va uning ustozini ushbu tarixiy gʻalaba bilan tabriklaymiz! Yosh chempionimizga xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib, yangi zafarlarga erishishini tilaymiz!