Giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi
6-Oktabr 2026, 04:31
Universitet yangiliklari
Qashqadaryo viloyatida giyohvandlikka qarshi kurashish ishlarini kompleks o‘rganish doirasida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ul xodimi Janibek Yusupov ishtirok etib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning oldini olishda yoshlarning faol ishtiroki va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.