Akademik va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi
6-Noyabr 2026, 04:48
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universiteti Psixologiya kafedrasi professor-öqituvçilari va talabalari iştirokida psixologiya fanlari doktori, professor, akademik Ğayrat Bahromoviç Şoumarov bilan "Akademik va yoşlar" uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuv doirasida akademik iştirokida "Muhabbat va raşk" mavzusida davra suhbati ötkazildi. Unda insoniy munosabatlarning psixologik asoslari, muhabbat va raşk hissiyotlarining şakllanişi hamda inson xulq-atvoriga taʼsiri muhokama qilindi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga ilmiy asoslangan javoblar oldilar. Şuningdek, akademik özining ilmiy va kasbiy faoliyat yöli, ilmiy izlanişlari hamda tajribasi haqida sözlab berdi. Bu maʼlumotlar, ayniqsa, psixologiya yönalişida tahsil olayotgan talabalar uçun ilmiy faoliyatning öziga xos jihatlarini yaqindan biliş imkonini berdi. Uçraşuv talabalar bilan savol-javob va oçiq muloqot tarzida davom etdi.