QarDU MAGISTRANTI XALQARO SIMPOZIUMDA IŞTIROK ETDI

14-Noyabr 2026, 04:50
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universiteti Lingvistika: rus tili mutaxassisligi 2-bosqiç magistranti Şohruh Jörayev Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning Giresun universiteti (Giresun Üniversitesi) hamkorligida taşkil etilgan "Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi: til, tarix va taʼlim" mavzusidagi xalqaro simpoziumda iştirok etdi. Xalqaro tadbir Türk İşbirliği ve Koordinasyon Ajansı Başkanlığı (Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlaştiriş Agentligi) hamda Yurtdışı Türkler ve Akraba Topluluklar Başkanlığı (Çet eldagi turklar va qarindoş jamoalar boşqarmasi) hamkorligida ötkazildi. Simpozium doirasida Şohruh Jörayev "Turkiy xalqlarning umumiy til merosi" mavzusida maʼruza qilib, öz ilmiy qaraşlari va tadqiqot natijalarini iştirokçilar bilan örtoqlaşdi. Uning iştiroki sertifikat bilan taqdirlandi. Anjuman davomida olimlar va tadqiqotçilar örtasida ilmiy tajriba almaşildi, turkiy xalqlarning muştarak til va tarixiy merosi, şuningdek, taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.