HALOLLIK MARAFONI: UÇ SOHA – BIR TAMOYIL

19-Noyabr 2026, 12:13
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universitetida Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda universitetning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens-nazorat” tizimini boşqariş bölimi hamkorligida “Halollik marafoni: uç soha – bir tamoyil” tarğibot aksiyasi doirasida oçiq muloqot ötkazildi. Unda universitet rahbariyati, “Adolat” SDP Qaşqadaryo viloyat Kengaşi vakillari, viloyat hokimligining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölimi, viloyat sudi vakili, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdi. Muloqot davomida halollik va qonuniylik tamoyillari, korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar, odil sudlov, oçiqlik va jamoatçilik nazoratining ahamiyati yuzasidan maʼruzalar tinglandi. Talaba-yoşlar bilan interaktiv savol-javoblar ham taşkil etildi. Tadbir yakunida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida ötkazilgan “Korrupsiya – jamiyat rivojiga tösiq!” mavzusidagi “Eng yaxşi inşo” hamda “Haqiqatli baho – haqiqiy kelajak!” şiori ostidagi “Eng yaxşi esse” tanlovlarining universitet bosqiçi ğolib va sovrindorlari taqdirlandi.