“Şavkatbekka maktub” — yoşlar uçun ibrat va tarbiya maktabi
26-Noyabr 2026, 07:18
Universitet yangiliklari
Tabiiy fanlar va agronomiya hamda Fizika-matematika fakultetlarida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub mazmun-mohiyatini keng tarğib etişga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Uçraşuvda maktubda ilgari surilgan ezgu ğoyalar, hayotiy xulosalar va nasihatlar muhokama qilinib, Vatanga muhabbat va sadoqat, el-yurt xizmatini oliy burç deb biliş, ilm oliş, xorijiy tillarni örganiş, zamonaviy bilimlarni egallaş hamda vaqtni qadrlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, xorijiy safarlarning asl maqsadi xalq farovonligi va yoşlar kelajagi uçun yangi imkoniyatlar yaratiş ekani, muvaffaqiyatsizliklardan töğri xulosa çiqariş, qiyinçiliklar qarşisida sabr va jasorat bilan olğa intiliş zarurligi taʼkidlandi. Maktub yoş avlodni yuksak maqsadlar sari intilişga, bilim va izlanişdan töxtamaslikka, öz salohiyatini Vatan ravnaqi yölida safarbar etişga undovçi muhim maʼnaviy saboq ekani qayd etildi. Ayni yönalişdagi tadbirlar universitetning boşqa fakultetlarida ham taşkil etilmoqda.