Universitet talabalari "Mirzo Uluğbek vorislari" tanlovida ğolib böldi!
26-Noyabr 2026, 07:19
Universitet yangiliklari
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 206-son qarori asosida 2026–2027-öquv yili uçun taşkil etilgan "Mirzo Uluğbek vorislari" tayyorlov öquv kurslariga respublika böyiça 160 nafar talaba tanlab olindi. Ular orasida Qarşi davlat universitetining Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakultetidan 4 nafar talaba ham bor:
Azamatjon Karimov
Laziza Aşirova
Eʼzoza Qöyliyeva
Maʼrifat Eştimirova
Ğoliblar bir yillik bepul taʼlim granti, 1,5 million sömlik oylik stipendiya, noutbuk va boşqa zarur öquv jihozlari, şuningdek, amaliyotçi hamda xorijiy mutaxassislar bilan maşğulotlarda iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi. Talabalarimizni uşbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi öqiş hamda ilmiy faoliyatlarida omad tilaymiz!