Qarshi davlat universiteti talabalari “IDEATHON – 2026” tanlovida muvaffaqiyat qozondi

25-Iyun 2026, 07:16
Universitet yangiliklari

Qarshi Yoshlar Texnoparki hamda IT Park Uzbekistan Qashqadaryo filiali hamkorligida tashkil etilgan “IDEATHON – 2026” innovatsion g‘oyalar tanlovida Qarshi davlat universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir qator faxrli natijalarni qo‘lga kiritdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Gulrux Ismoilova 1-o‘rin sohibasi bo‘ldi. Kimyo-biologiya fakulteti talabasi Intizor Xudoyqulova “Eng yaxshi talabalar loyihasi” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan bo‘lsa, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Adiba Latifjonova “Eng yaxshi AI yechimi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Talabalarimiz o‘zlarining innovatsion fikrlashi, ijodkorligi va zamonaviy texnologiyalar asosidagi istiqbolli g‘oyalari bilan hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘lib, universitet nufuzini munosib himoya qildilar. Qarshi davlat universiteti jamoasi g‘olib talabalarni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda ularning kelgusidagi ilmiy-innovatsion faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.