Hurmatli Qarshi davlat universiteti talabalari!

26-Avgust 2026, 04:24
Universitet yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilini munosib boshlash maqsadida 20-avgustdan 30-sentyabrgacha “Dolzarb qirq kunlik” e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Qarshi davlat universitetida: “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili:
1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.

Talabalikka tavsiya etilganlarga kontrakt to‘lovini amalga oshirgunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat berildi. Shuningdek, 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish, “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi va “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari o‘tkaziladi. Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar sari ilk qadam!