Universitet–talaba–ota-ona: hamkorlik — muvaffaqiyat garovi!

10-Sentabr 2026, 04:21
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Universitet–talaba–ota-ona” tamoyili asosida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Muloqot davomida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoya, talabalar turar joylari va ijara masalalari, shuningdek, “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyili doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, ota-onalarning fikr va takliflari tinglandi. Tadbir yakunida universitet, talaba va ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning muhim omili ekani ta’kidlandi.