Oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari QarDU tajribasini örganmoqda

3-Noyabr 2026, 15:56
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universitetida şakllangan “Qaşqadaryo tajribasi”ni respublikaning boşqa oliy taʼlim taşkilotlariga ommalaştiriş maqsadida tajriba almaşiş jarayonlari boşlandi.Bugun Qaşqadaryo viloyatidagi davlat va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurib, universitet faoliyati va yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Taşrif davomida mehmonlar Tillar fakultetining zamonaviy öquv binosi, universitet kutubxonasi, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, “Loçin” futbol klubi uçun barpo etilgan yangi stadion hamda Muqobil energiya manbalaridan foydalaniş laboratoriyasini közdan keçirdilar.Taşrifdan közlangan maqsad — taʼlim jarayoni, talabalar bandligi, zamonaviy infratuzilma hamda universitet va işlab çiqariş korxonalari örtasidagi hamkorlik borasidagi QarDU tajribasini örganiş va ommalaştirişdir. Maʼlumot örnida, 30-oktyabr – 4-noyabr kunlari respublikadagi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari iştirokida davom etadigan uşbu jarayon doirasida QarDU tajribasini örganiş va amaliyotga tatbiq etiş közda tutilgan.