QarDU talabasi Italiyaning nufuzli universitetiga qabul qilindi!
3-Noyabr 2026, 16:01
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universiteti Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Abdulaziz Kenjayev Italiyaning Messina universiteti (Università degli Studi di Messina) talabasi böliş imkoniyatini qölga kiritdi. U mazkur universitetda ingliz tilida taʼlim beriladigan «Biznes menejmenti» dasturi böyiça tahsil oladi. 1548-yilda taşkil etilgan Messina universiteti Italiyaning eng qadimiy oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. QS World University Rankings 2027 xalqaro reytingida 761–770-örinlardan joy olgan. Abdulazizning uşbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz! Xalqaro taʼlim sari qöyilgan bu muhim qadam kelgusidagi yangi yutuqlar uçun mustahkam poydevor bölsin.