Uç hududdan kelgan rektorlar QarDUdagi yangilanişlar bilan tanişdi

3-Noyabr 2026, 16:15
Universitet yangiliklari
Bugun Töşkent şähri, Farğona va Namangan viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari Qarşi davlat universitetida bölib, oliygohning taʼlim, ilmiy faoliyati va infratuzilmasini örgandilar. Taşrif davomida mehmonlar Tillar fakulteti binosi, "Loçin" futbol klubi stadioni, Anjumanlar saroyi, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazi hamda Yoşlar markazida amalga oşirilgan yangilanişlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanişdilar. Yoşlar markazida seminar taşkil etilib, unda universitet rektori D.Nabiyev QarDUning rivojlaniş körsatkiçlari, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, talabalar bandligini taʼminlaş hamda işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlik borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan taqdimot qildi.
Muloqot davomida oliy taʼlim tizimidagi dolzarb vazifalar, samarali iş usullarini ommalaştiriş va özaro hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.