Rektor kubogi: dastlabki kungi bellashuvlarda jamoalar futbol va voleybol boyicha bellashdi
Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihasi asosida bir qator sport turlari bo'yicha musobaqalar fakultetlar jamoalari o'rtasidagi qizg'in bahslarni boshlab berdi. Katta sport tadbirlarining dastlabki kungi bellashuvlarida jamoalar futbol va voleybol boyicha o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Natijalar quyidagicha:
futbol (o'g‘il bolalar)
Geografiya va agronomiya fakulteti 0-6 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti
Sport fakulteti 8-0 Pedagogika fakulteti
voleybol (qizlar)
Fizika fakulteti 2-0 Xorijiy tillar fakulteti
Tarix fakulteti 0-2 San'atshunoslik fakulteti
Pedagogika fakulteti 2-0 Iqtisodiyot fakulteti
Ma’lumot o‘rnida, musobaqalar 20-noyabr kuniga qadar davom etadi hamda g’olib va sovrindorlar ko‘chma kubok, pul mukofotlari, qimmatbaho esdalik sovg‘alari va darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.