Nuriddinov Shahobiddin BoboyorovichO‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Telefon: +998 97 585 18 30Elektron pochta: nuriddinov.sb@qarshidu.uzQabul kunlari: Haftaning Seshanba, Payshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha |
Mehnat faoliyati
Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – filologiya fanlari doktori, dotsent. 2022 yil 23 sentabrda Qarshi davlat universitet huzuridagi D.067.02.16 raqamli ilmiy kengashda “Komil Xorazmiy devoni manbalari genealogiyasi va matn tanqidi muammosi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Umumiy ish staji – 21, ilmiy va pedagogik ish staji – 21 yil. Qarshi davlat universitetidagi pedagogik ish staji – 13 yil. Sh.Huriddinov o‘zining pedagogik va ilmiy tadqiqot faoliyati davomida jami yuzga yaqin ish e’lon qilgan. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin 40 ta ilmiy ish, jumladan, ilmiy jurnallarda 15 ta, to‘plamda 20 ta ilmiy maqola hamda 2 ta monografiya va 2 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan.
Kafedra tarixi
Universitet tashkil etilgandan buyon “Adabiyotshunoslik” nomi ostida 1964 yildan mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Kafedrada professor va fan nomzodlaridan A.Shermatov, V.Tohirzoda, A.Qahhorov, X.Rizayeva, O.Ikromov, A.Rasulov, T.Bozorov, F.Eshimov, P.Ravshanov, B.Yo‘ldoshev, D.To‘rayev, G.Imomova, N.Shodmonovlar uzoq yillar mudirlik vazifasida ishlaganlar. Universitet rektorining 2023 yil 17 maydagi buyrug‘i asosida Adabiyotshunoslik kafedrasi negizida O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi tashkil etildi va unga 2023-2024 yillarda professor N.Shodmonov rahbarlik qildi. 2024 yil 5 martdan kafedrani filologiya fanlari doktori, dotsent Shahobiddin Nuriddinov boshqarmoqda.
Asosiy vazifalari
“O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili) yo‘nalishlarida bakalavrlar tayyorlanadi. 2024-2025 o‘quv yilidan kafedrada 70230105 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta’limi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda kafedrada 2 nafar doktorant, 5 nafar tayanch doktorant tahsil olmoqda. Kafedra mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar o‘rta umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litseylarda o‘qitishda ishtirok etadi va OTMlar hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat olib boradi.
O‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
1. O‘zbek folklori
2. O‘zbek adabiyoti tarixi
3. Navoiyshunoslik
4. Matnshunoslik
5. Sharq tillari (fors, arab tili)
6. Tasavvuf va badiiy ijod
7. Eski o‘zbek tili va yozuvi
8. Mumtoz arab tili
9. Mumtoz fors tili
10. Xattotlik san’ati
11. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik asoslari
12. Aruz ilmi
13. Alisher Navoiy asarlari matnshunosligi
14. Mumtoz she’riyat asoslari
15. Mumtoz lug‘atchilik manbalari
16. Jahon matnshunosligi
17. 20 asr matnshunosligi
18. Matn tahriri
19. Tasavvuf adabiyoti
20. Xorijiy til (ikkinchi chet tili – arab tili)
21. Qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni to‘plash va fond yaratish metodikasi
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha:
1. Matnshunoslik nazariyasi
2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
3.Adabiy manbalar bilan ishlash amaliyoti
4. Xattotlik va kitobat san’ati
5. Mumtoz matn tili
6. Mumtoz fors tili
7. Asliyat va tabdil muammolari
8. Ilmiy-tanqidiy matn asoslari
Ilmiy ishlar
Kafedra professor-o‘qituvchilarining keyingi yillardagi faoliyati davomida 10 ta monografiya, risola, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 dan ziyod o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bitta darslik tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi. Jumladan, 2022 – 2023 o‘quv yilining o‘zida kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida 1 ta darslik, 5 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi. 2018 yildan buyon kafedrada universitet huzurida ochilgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2024 yilning noyabr oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin ilmiy tadqiqotchi o‘z dissertatsiyalarini munosib himoya qilib, filologiya fanlari doktori va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. 2020-2023 yillar davomida kafedra a’zolaridan 6 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini, bir nafari filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ayni paytda kafedra katta o‘qituvchisi F.Qiyomov “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” asarining matniy tadqiqi”, o‘qituvchi B.Siddiqov “Alisher Navoiy asarlaridagi arabiy matnlar tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Tadqiqotchilar
So‘nggi yillarda kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2020 yilda kafedra a’zolaridan B.Rizayev, Z.Namozova, O.Avaznazarov, 2021 yilda G‘.Shodmonov, M.Rayhonova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2022 yilda Sh.Nuriddinov filologiya fanlari doktori (DSc), 2023 yilda U.Abdullayeva filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Natijada kafedra O‘zbekistonning yetakchi universitetlari yuqori ilmiy salohiyatli kafedralari qatoridan joy oldi. 2023-2024 o‘quv yilida 10.00.02- O‘zbek tili va adabiyoti va 10.00.10- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (PhD) (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda kafedrada 2 nafar doktorant, 5 nafar tayanch doktorant tahsil olmoqda. Doktorantlar: 1 Avaznazarov Odiljon 2. Abdullayeva Umida; Tayanch doktorantlar: 1. Shodiyeva Surayyo 2. Nazarova Shoxista 3. Eshdavlatova Aziza 4. Rajabaliyeva Muhabbat 5. Sattorova Mahliyo.
Hamkorlik
Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zMU, TDSHU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari, filologiya fanlari doktori N.Jabborov, filologiya fanlari doktori U.Jo‘raqulovlar yaqin yillarda kafedrada o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritdilar. 2022/2023 o‘quv yilidan buyon Turkiya Jumhuriyati Karabuk davlat universiteti dotsenti Saidbek Boltaboyev soatbay asosida Navoiyshunoslik, Tasavvuf va badiiy ijod, O‘zbek adabiyoti tarixi fanlaridan talabalarga saboq berib keladi. Shuningdek, kafedraning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan ilmiy hamkorlik natijasida 2023 yilda professor Nafas Shodmonovning “Ali Şir Nevâyî'nin Bedii Tefekkürü” (Alisher Navoiyning badiiy tafakkuri) nomli monografiyasi Turkiyaning Istambul shahridagi “Neyzen Kitap” nashriyotida ko‘p nusxada va elektron variantda chop etildi. 2024 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari Muxayyo Rayhonova va Umida Abdullayeva Turkiyaning Marmara universitetida stajirovkada bo‘ldi.
Kafedra o‘qituvchilari
1. Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – kafedra mudiri, f.f.d.(DSc), dotsent
2. Shodmonov Nafas Namozovich – filologiya fanlari doktori, professor
3. Jumayev Rashid Normurodovich – f.f.f.d. (PhD), dotsent
4. Rizayev Baxtiyor Xolliyevich – f.f.f.d. (PhD), dotsent
5. Akramov Sherzod Xolmirzayevich – f.f.f.d. (PhD), dotsent
6. Shodmonov G‘iyosiddin Nafasovich – f.f.f.d. (PhD), dotsent
7. Avaznazarov Odiljon Rahmatulloyevich – f.f.f.d. (PhD), dotsent
8. Rayhonova Muhayyo Muhammadiyevna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
9. Namozova Zilola Bozorovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
10. Abdullayeva Umida Abdukadirovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
11. Qiyomov Farhod Ravupovich – katta o‘qituvchi
12. Siddiqov Baxtiyor Bo‘riyevich – o‘qituvchi
13. Ismatulloyev Jobir Nusratillo o‘g‘li – o‘qituvchi