Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi

29-Aprel 2025

Davronov Shohjaxon Rizamat o‘g‘li


"Аlgoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Telefon: +998 91 257-72-22
Elektron pochta: davronov.sr@qarshidu.uz
Qabul kunlari: Haftaning Payshanba va Juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

Davronov Shohjaxon Rizamat o‘g‘li ‒ texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. Sh.R.Davronov fotoelektrik modullarning chiqish parametrlarini tashxislash va boshqarish ko‘p funksiyali qurilmasini ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratish sohasida tadqiqotlar olib borgan. Sh.R.Davronov 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma 1 ta monografiya, 40  dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan, 3 ta scopus maqola muallifi. Umumiy ish staji - 9 yil. Pedagogik ish staji - 7 yil. 2021-yilda texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgan. 2023 yilda texnika fanlari bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. 2024 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Axborot texnologyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Qarshi davlat universiteti, Matematika va kompyuter ilmlari fakultetining “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra tarixi

Qarshi davlat universiteti rektorining 2021-yil 1-noyabrdagi 508-X-sonli buyrug‘iga asosan Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti tarkibida Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi negizida “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi. 2021-yil 1-noyabrdan kafedraga pedagogika fanlari doktori (DSc) Kayumova Nasiba Ashurovna mudirlik qilmoqda. Kafedra 5110700-“Informatika oʻqitish metodikasi” va 5110100-“Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va 70610204 - Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha) magistr  kadrlarini tayyorlaydi. Hozirgi kunda kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchilar, 1 nafar kafedra mudiri va bir laborant faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada 1 nafar fan doktori (DSc), 6 nafar fan nomzodi, dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari, ta’limda axborot texnologiyalari, raqamli axborot texnologiyalari, axborot texnologiyalarini sohalarda qo‘llanilishi fanlari o‘qitiladi.

Asosiy vazifalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy axborot, innovatsion g‘oyalar va tajriba almashishni tashkil etish, xorijdagi oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan kafedralari bilan birgalikda seminar va taqdimotlar o‘tkazish;

Kafedrada respublika ilmiy kengashlarining 13.00.02 va 13.00.06 ixtisoslik bo‘yicha himoya qiladigan tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini muhokama qilib, yetakchi tashkilot, taqrizchi va apponentlik  taqrizlarini berish;

kafedradagi fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanma monografiya o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar tayyorlash nashr ettirish.

iqtidorli talabalar bilan ilmiy-uslubiy ish olib borish;

professor o‘qituvchilarning va iqtidorli talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishi va h.k.

O‘qitiladigan fanlar

Dasturlash 1,2

Ma’lumotlar tuzilmasi va Algoritmlar

Berilganlarning intellektual tahlili

Axborot tizimlarini loyihalash

Mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari

Algoritmlash va dasturlash

Matematika va informatika o‘qitish metodikasi

Pedagogik dasturiy vositalar

Axborot tizimlari

Amaliy dasturlar paketi

Ta’limda zamonaviy texnologiyalari

Amaliy dasturlar majmuasi

Kompyuter lingvistikasi va suniy intellekt

Raqamli axborot texnologiyalari

Axborot texnologiyalarini sohalarda qo‘llanilishi

Ta’limda Integratsiya· 

Ilmiy ishlar

IT texnologiyalar asosida ta’lim samaradorligini oshirishning metodik asoslari;
Kompyuter lingvistikasida matnni qayta ishlash va intellektual tahlil qilish.
Kafedra qoshida “Algoritmlar”, “Kompyuter savodxonligi” va “Shaxmat va shashka” to‘garaklari reja asosida faoliyat ko‘rsatib, ularga 30 dan ortiq iqtidorli talabalar muntazam ishtirok etib kelmoqda hamda talabalarga ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-uslubiy ishlar professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan holda olib borilmoqda.
Shuningdek, Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda bir nechta iqtidorli talabalar ishtirok etib kelmoqdalar.
2022-2023 yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro bazalarda indekslangan Scopus bazasi hamda OAK e’tirofidagi jurnallarda 12 ta ilmiy maqola chop ettirilgan.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022-2023 yillar davomida yaratilgan dasturlar uchun 20 ta mualliflik guvohnomalari rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tadqiqotchilar

Hozirgi kunda kafedra qoshida “Matematika va informatikaning dolzarb muammolari” ilmiy-uslubiy seminari faoliyat yuritmoqda. Unda ilmiy ma’ruzalar, maqolalar va dissertatsiya ishlari muhokama etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilaridan T.Jo‘rayev fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ustida,  B.Daminova, F.Shodiyev, I.Razzoqov, D.Saidovalar esa, falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Hamkorlik

Kafedraning ilmiy hamkorligi amalga oshirilgan muassasalar: Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Muhandislik va raqamli texnologiyalar instituti, Kazan federal universiteti, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Nizomiy, kafedra O‘zMU, TATU, SamDU, BuxGU kabi oliy o‘quv yurtlari bilan ham aloqada.

Kafedra o‘qituvchilari

  • Davronov Shohjaxon Rizamat o‘g‘li – kafedra mudiri, dotsent, texnika fanlari bo‘icha falsafa doktori.
  • Karimov Qayum Mamashaevich – p.f.n., dotsent.
  • Begmatova Nodira Hakimovna – p.f.n., dotsent.
  • Jurayev Tuychi Norbutayevich – p.f.f.d.(PhD), dotsent
  • Yuldoshev Ismoil Abrievich - p.f.f.d.(PhD), dotsent.
  • Norov Abdisait Murodovich – t.f.f.d. (PhD), dotsent.
  • Bozorova Irina Jumanazarovna – i.f.f.d. (PhD), dotsent v.b.
  • Daminova Barno Esanovna - dotsent.
  • Shodiyev Fayzulla Yusupovich - dotsent.
  • Safarov Laziz Saimovich - katta o‘qituvchi.
  • Razzoqov Ilxom Davronovich - o‘qituvchi.
  • Saidova Dilfuza Ergashevna - o‘qituvchi.
  • Xusanova Surayyo Xamzaevna - o‘qituvchi.