Vazir va yoshlar uchrashuvi

1-Fevral 2025, 11:26
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo'ldoshevning iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastlab tizimda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’ruza tinglanib, vazirlik faoliyatiga doir qisqa videolavhalar namoyish etildi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga yuzlanishdi. Samimiy, ochiq va jonli tarzda kechgan muloqot davomida blits savollar yo‘llanib, to‘g‘ri javob bergan qatnashchilar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, faol yoshlar vazir tashakkurnomasi, kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi. E’tiborlisi, uchrashuv davomida vazir suratini chizib, o‘ziga topshirgan San’atshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Marjona Muhammadiyeva ham vazir tashakkurnomasiga ega bo‘ldi. Tadbir yakunida A.Qo‘ldoshev yoshlarning fikri muhim ahamiyatga egaligi va uni amalga oshirishda vazirlik doimo hamkorlik uchun ochiq va tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.