
Italiyalik professor Tibbiyot fakulteti talabalariga dars o‘tdi
30-Sentabr 2024, 09:10
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti o'rtasidagi Yevropa Ittifoqining Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi doirasida Pisa universiteti Tibbiyot fakulteti professori Mario Djordji Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti 3-kurs talabalariga farmakologiya fanidan amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bordi. Ma'lumot uchun, 2023-2026-yillar davomida Qarshi davlat universitetining 3 nafar professor-o'qituvchilari va 3 nafar magistrant, doktorantlari Piza universitetida mobillik almashinuvida qatnashishi rejalashtirilgan.