Taniqli ijodkor bilan uchrashuv

3-Mart 2025, 12:09
Universitet yangiliklari

“Talabalar kino kunlari” doirasida Pedagogika fakultetida viloyat musiqali drama teatri aktyori Parda Nomdorov bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Samimiy muloqotda taniqli ijodkor san’at sohasiga kirib kelishi va bu borada erishgan yutuqlari haqida so‘zlar ekan, bugungi kunda yurtimizda yosh iste’dod sohiblariga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta'kidladi. Mashhur monologlardan namunalardan o‘qib berdi. Uchrashuv davomida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Chashma” filmi namoyish qilindi.