O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025 yil 21-23 oktyabr kunlari Qarshi davlat universitetida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Globallashuv davrida til va ta’lim: nazariya va amaliyot” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
1. O‘zbek tilshunosligi va tilshunoslikning nazariy masalalari.
2. Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika muammolari
3. Madaniyatlararo muloqot va o‘zbek tili taraqqiyoti;
4. O‘zbek tilining xorijda o‘qitilishi va o‘zaro hamkorlik masalalari;
5. Til tarixi va turkiy tillar tadqiqotlari
6. O‘zbek lugʻatshunosligining istiqboldagi muammolari
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, turk, rus, ingliz.
Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;
- maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 12 o‘lchamda bo‘lishi lozim;
- maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar;
- fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi davlat universitetidan bo‘lsa "QarDU A.Rustamov” nomi bilan) nomlanishi lozim.
- annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida yozilishi shart.
Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2024 yil 1 iyulga qadar.
Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2022 yil 21-23 oktyabr. Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 20000 so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami: 8600 1404 9500 3072 (Norov Ixtiyor Kamolitddin o‘g‘li) bo‘yicha qabul qilinadi.
Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
180183, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
Anjuman tashkilotchisi: N.E. Yuldosheva. Telefon raqami: +998916387523.
Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: nilu.75@mail.ru yoki ixtiyorn22@gmail.com
Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz saytida orqali tanishishingiz mumkin.