O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi “2025 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-sonli buyrug‘i 1-ilovasiga muvofiq 2025 yil 10–11-oktabr kunlari Qarshi davlat universiteti O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi tomonidan “О‘zbek matnshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari ishtirok etish uchun taklif etiladi.
KONFERENSIYA SHO‘BALARI:
Mumtoz adabiyot matnshunosligi muammolari;
Zamonaviy o‘zbek adabiyoti matnshunosligi;
Jadid adabiyoti manbalarini tadqiq qilish masalalari;
Matnninsh lingvistik xususiyatlarini o‘rganish muammolari;
Anjuman rasmiy tili: o‘zbek, turk, rus, ingliz tillari
Anjuman maqolalariga qo‘yiladigan talablar: Material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, Microsoft Word matn redaktori, doc yoki docx formatida (shrift 14, Times New Roman, interval 1,5) o‘zbek tilidagi maqolalar lotin alifbosida terilgan bo‘lishi kerak. O‘ng tomondan 15 mm, chap tomondan 30 mm, yuqori va quyidan 20 mm hoshiya qoldiriladi.
Birinchi qatorda maqola nomi BOSH HARFLAR bilan beriladi. Ikkinchi qatorda qatorda OTM hamda muallif(lar) F.I.SH. ko‘rsatiladi. Maqolalarning qisqacha annotasiyasi 4-6 qatordan oshmagan holda maqola yozilgan tilda keltiriladi, keyingi qatorda kalit so‘zlar (5-8 so‘z), undan so‘ng maqolaning asosiy matni beriladi. Maqola hajmi kamida 3 sahifadan iborat bo‘lishi lozim. Matndagi bibliografik havolalar (ssilka) kvadrat qavsda adabiyotlar ro’yxatida keltirilgan tartibda qayd qilinishi lozim. Masalan: [3, 72-b.]. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tahrirdan o‘tmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi va anjuman talabiga mos kelmagan, ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi. Mualliflardan maqolaning har bir sahifasi uchun 25000 (yigirma besh ming) so‘mdan badal puli olinadi. Anjumanda qatnashish uchun materiallar tahrir qilingan holda, elektron variantda 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi uchun mualliflar mas’uldirlar.
Maqolalar Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetida qabul qilinadi.
Sizning ishtirokingiz anjumanning muvaffaqiyatli o‘tishida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
Manzil: Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy.
Anjuman o‘tkazish uchun mas’ul: O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi.
Telefon raqami: +998 97 382-21-31 (G‘iyosiddin Shodmonov), +998 90 721-48-08 (Umida Abdullayeva).
E-mail: shahnur.82@mail.ru
Plastik karta raqami: 8600533399315644 (G‘iyosiddin Shodmonov)