O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27- dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490 sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 17-18-dekabr kunlari Qarshi davlat universitetida Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan “Jadidlar adabiy merosini o‘rganish: muammo va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tarixiy va ilmiy hodisa sifatida o‘rganilishi;
Jadid adabiyotining zamonaviy o‘zbek adabiyotiga va turkiy xalqlar adabiyotiga ta’siri masalalari;
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida jadidlar obrazi: talqin va tadqiq muammolari;
Jadid adabiyotining badiiy tarjima muammolari.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, turk, rus va ingliz.
Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;
- maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 12 o‘lchamda bo‘lishi lozim;
- maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar;
- fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi davlat universitetidan bo‘lsa "QarDU A.Rustamov” nomi bilan) nomlanishi lozim.
- annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus ingliz tillarida yozilishi shart.
Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2025- yil 1-oktyabrga qadar.
Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2025-yil 17-dekabr. Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 30000 so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami: 9860010120962054 (Usmonov Sherzod Panjievich) bo‘yicha qabul qilinadi.
Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
180183, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
Anjuman tashkilotchisi: Ernazarova Gulnoza Xamraevna
Telefon raqami: +998912160809.
Maqolalarni quyidagi elektron manzilga yuborish mumkin: gulnoza.ernazarova8181@mail.ru