Nasafiylar ilmiy – ma’naviy merosining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni

3-Mart 2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

AXBOROT XATI  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025 yil 14 – 15 noyabr kunlari Qarshi davlat universiteti huzuridagi Abul Mu’in an-Nasafiy ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “NASAFIYLAR ILMIY – MA’NAVIY MEROSINING JAHON SIVILIZATSIYASIDA TUTGAN O‘RNI” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:   

  • O‘rta asrlarda Qashqadaryo vohasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti: shaharsozlik va urbanizatsiya jarayonlari;

  • Nasafiy allomalar ilmiy-ma’naviy merosi va uning ahamiyati;

  • Abul Mu’in Nasafiy – moturidiya ta’limotining  yirik vakili;

  • Zamonaviy tadqiqotlarda O‘zbekiston tarixi masalalarining yoritilishi.

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

  • maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;

  • maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 12 o‘lchamda bo‘lishi lozim;

  • maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi,  bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar  ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar;

  • fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi davlat universitetidan  bo‘lsa “QarDU A.Rustamov” nomi bilan) nomlanishi lozim.

  • annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi shart.

Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.

Materiallarni qabul qilish muddati: 2025- yil 1-noyabrga qadar.

Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2025- yil 14 – 15-noyabr. Anjumanda bevosita va masofadan (ZOOM platformasi) ishtirok etish mumkin.

Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 20000 so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami:  9860 0101 2006 9165 (Xo‘jayorov Asilbek) bo‘yicha qabul qilinadi.

Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi. 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI: 

180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.

Anjuman tashkilotchisi: Xasanov A.M. Telefon raqami: +998973164233

Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin:

Xasanov A.M. +998973164233; Xo‘jayorov A.O. +998997464105 (@abulqosimmuhammad)

Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.