O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490 sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 11–14-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida “Zamonaviy Stoxastik Modellar va Aktuar Matematika Muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiya quyidagi mavzularni qamrab oladi:
1. Tarmoqlanuvchi tizimlar
2. Stoxastik modellar va tahlillar
3. Ehtimollik va statistik modellar
4. Ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi
5. Moliyaviy va aktuar matematika hamda turdosh sohalar
6. Dinamik tizimlar va matematik modellash
7. Regulyar o‘zgaruvchi funksiyalar nazariyasi va uning tatbiqlari
8. Matematik fanlarni o’qitishning zamonaviy tendentsiyalari
Muhim sanalar:
10-may 2025 – Maqolalarni yuborishni boshlash (1–2 to‘liq sahifa)
20-sentabr 2025 – Maqolalarni taqrizdan o’tkazishning tugashi
1-oktabr 2025 – Maqolalarni qabul qilish haqida xabar yuborish
20-oktabr 2025 – Konferensiya dasturi yuboriladi
Konferensiya tili: Ingliz tili
Maqolalarni MAMMOTH LaTeX shabloni yordamida tayyorlang. Shablon tez orada saytimizda e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun azamimomov72@gmail.com manzil orqali tashkiliy qo’mitaga murojaat qilishingiz mumkin.
Sayt: Conference_Karshi
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi:
50 EUR – O‘zbekiston ishtirokchilari uchun
150 EUR – Xorijiy ishtirokchilar uchun
Tashkiliy qo’mita manzili:
Qarshi shahri, Kuchabag ko‘chasi-17, Qarshi Davlat Universiteti (QarDU), Matematika va Kompyuter ilmlari fakulteti, 104-xona
Kontakt: A.A.Imomov; Elektron pochta: azamimomov72@gmail.com