O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490 sonli buyrug‘iga muvofiq, 202- yil 22–2- may kuni Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan “MARKAZIY OSIYO TARIXIY JARAYONLARDA O‘ZBEKISTON TARIXI VA MADANIYATI MASALALARI” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
Qadimgi davr. O‘zbekiston sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanish masalalari.
O‘rta asrlar davri, turli sulolalarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti masalalari.
O‘zbek xonliklari davrida ichki va tashqi aloqalar, tarixiy-madaniy jarayonlar
Rossiya imperiyasi va sovetlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Mustaqil O‘zbekiston sharoitida islohotlar, turizm masalalari va xalqaro aloqalar.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;
- maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 12 o‘lchamda bo‘lishi lozim;
- maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar;
- fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi davlat universitetidan bo‘lsa "QarDU A.Rustamov” nomi bilan) nomlanishi lozim.
- annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus ingliz tillarida yozilishi shart.
Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2025- yil 1-mayga qadar.
Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2025- yil 22-23-may. Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 20 000 so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami: 9860 1901 1050 2001 (Polvonov Kozimbek Naimovich) bo‘yicha qabul qilinadi.
Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
Anjuman tashkilotchisi: To‘raeva M.H Telefon raqami: tel.: 71 253-08-08, faks 71 253-19-59
Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: +99891 956 70 41 (Turaev Shuxrat), turayevshuhrat7@gmail.com
Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.