Ta’limdagi innovatsion va integratsion jarayonlarning uzviyligi hamda uzluksizligi: muammolar va yechimlar

3-Mart 2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

AXBOROT  XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490 sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 25-26-aprel kuni Qarshi davlat universitetida Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan “TA’LIMDAGI INNOVATSION VA INTEGRATSION JARAYONLARNING UZVIYLIGI HAMDA UZLUKSIZLIGI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”  mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:  

1-yo‘nalish: Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida ta’lim sifatining o‘rni hamda ahamiyati

2-yo‘nalish: Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar

3-yo‘nalish: Professional  ta’lim   muassasalarida   yangi ta’lim  dasturlari, metod va texnologiyalarning tadbiqi.

4-yo‘nalish: Pedagogika va psixologiya hamda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish tendensiyalari.

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

− maqola yoki tezis Microsoft Word dasturida, Times New Roman, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm va chapdan 3 sm qoldirilgan holda tayyorlanadi;

− maqolada berilgan rasmlar quyidagi formatda bo‘lishi shart: jpg, bmp;

− maqolaning sarlavhasi bosh harflar bilan sahifa o‘rtasida yoziladi. Matn sarlavhasining ost qismida muallif (lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi ko‘rsatiladi va sarlavhadan so‘ng bir interval tashlab asosiy matn keltiriladi;

− annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi lozim;

− matn sarlavhasining ost qismida muallif (lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi ko‘rsatiladi va sarlavhadan so‘ng bir interval tashlab asosiy matn keltiriladi;

− foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn so‘ngida beriladi. Havolalar maqola matnida keltiriladi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami va sahifasi ko‘rsatiladi [1:10];

− maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida, elektron variantda, A4 formatda va 3 betdan kam bo‘lmagan hajmda  qabul qilinadi.

Materiallarni qabul qilish muddati: 2025- yil 10-aprelga  qadar.

Konferensiyani o‘tkazish kunlari:  2025-yil 25-26-aprel. Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.

Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 25000so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami: 9860010120018774  (Halimova Madina Abdusalim qizi) bo‘yicha qabul qilinadi.

Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi. 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

 180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.

Anjuman tashkilotchisi: Maqola va tezislarni qabul qilish uchun mas’ullarning telefon va telegram nomerlari:

1-yo‘nalish bo‘yicha:   Y.B.Yarmanova               tel:+998934201383,

2- yo‘nalish bo‘yicha:  F.A.Choriyeva                 tel:+998914747154,

3- yo‘nalish bo‘yicha:  N.Sh.Muhammadiyeva  tel:+998912198507,

4- yo‘nalish  bo‘yicha: R.E.Yo‘ldoshev                tel:+998909512208.

Email: rizamat.shadiev@mail.ru

Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.