O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 16-17-may kunlari Qarshi davlat universitetida Turizm va marketing kafedrasi tomonidan “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TURIZM MARKETINGI: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA GLOBAL IMKONIYATLAR” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
Raqamli texnologiyalarning turizm sohasiga ta’siri
Turizm marketingida innovatsion yondashuvlar
Turizm sohasida global imkoniyatlar va raqamli hamkorlik
Turizm marketingida ekologiya va barqarorlik
Raqamli marketing va iste’molchi xulq-atvori
Anjuman ishida Xorijiy va respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar hamda ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- maqolalar IMRAD talablari asosida bo‘lishi talab etiladi;
- tezislar hajmi 3-6 betgacha to‘liq hajmda Microsoft Word muharririda, matnlar “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqoridan va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Fayl nomlari muallifning ish joyi, familiyasi hamda sho‘ba raqami bilan nomlanadi (masalan: QarshiDU, Karimov, 2-sho‘ba);
- tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi satrda muallif(lar) ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni, tel.raqami, elektron manzili keltiriladi. Undan keyin 1,5 interval pastda annotatsiya, kalit so‘z yoziladi. Kalit so‘zlardan keyin 1,5 interval pastdan xat boshidan tezis (makola) matni, so‘ng matn xulosasi, undan so‘ng pastdan adabiyotlar keltiriladi. Adabiyotlar ro‘yxati to‘liq holda alfavit tartibida (F.I.Sh., asar nomi, nashr yili va joyi, nashriyot nomi, betlar) ko‘rsatilishi lozim. Matn ichida foydalanilgan manbalarga havolalar quyidagi ko‘rinishda ko‘rsatilishi lozim : [1, 50 b.];
- tezis va maqolalar elektron nusxada topshiriladi va konferensiya materiallari elektron hamda bosma to‘plam holida chop etiladi;
- maqola va tezisdagi ma’lumotlar, faktlar va statistikalarning to‘g‘riligiga, imloviy va ishoraviy xatolari (matnning tahririy jihatlari) uchun muallif(lar)ning o‘z(lar)i mas’uldir;
- mazkur konferensiya tashkiliy qo‘mitasi kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega, talablarga javob bermaydigan maqolalar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi.
Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2025-yil 30-aprelga qadar.
Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2025-yil 16-17-may.
Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 25000 so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami:
9860 0101 2040 7761 (Erkaeva Barno Abdurahimovna) bo‘yicha qabul qilinadi.
Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi.
Anjuman o‘tkazish uchun mas’ul: QarshiDU Turizm va marketing kafedrasi
Manzil: 180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish: Raimova M.Dj. Telefon raqami: +998906088219.
Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: raimova-64@mail.ru yoki https://t.me/+JpT0WWXv8_pmNWIy. Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz saytida orqali tanishishingiz mumkin.