O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va Ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490 sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 25-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida Amaliy ingliz tili va Lingvistika kafedralari tomonidan “Zamonaviy tilshunoslik talqinida lingvokulturologik yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
Tilshunoslikning madaniy asoslari;
Hozirgi zamonda til va madaniyatlararo muloqot;
Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari;
Til o‘qitish metodikasi va unda sun’iy intellektning o‘rni va tilshunoslikning amaliy masalalari;
Adabiy aloqalar va badiiy tarjima muammolari;
Qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- maqola matni tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib rasmiylashtiriladi, maqolalar qog‘ozda va elektron variantda qabul qilinadi;
- maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word muharririda Times New Roman shriftida 12 o‘lchamda bo‘lishi lozim;
- maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va ishonchliligiga shaxsan mualliflar javobgar;
- fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi davlat universitetidan bo‘lsa "QarDU A.Rustamov” nomi bilan) nomlanishi lozim.
- annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus ingliz tillarida yozilishi shart.
Anjuman materiallari ilmiy to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.
Materiallarni qabul qilish muddati: 2025- yil 20-noyabrga qadar.
Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2025-yil 25-noyabr. Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari tomonidan chop etiladi (badal puli har sahifasi uchun 20000 so‘m). To‘lov naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Quyidagi b/k raqami:
8600 1404 9500 3072 (Pardaeva Dilfuza Raimovna) bo‘yicha qabul qilinadi.
Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
Anjuman tashkilotchisi: Nizomova M.B, Omonova M.K. Telefon raqami: +998919627222. +998939376336
Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: mohinurnizomova17@gmail.com
Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin