Yashil energetika va yashil iqtisodiyot bo‘yicha 1- xalqaro ilmiy anjuman GEE – 2025

3-Mart 2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-son buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 2-3-may kunlari Qarshi davlat universitetida Iqtisodiyot hamda Sanoat muhandisligi kafedralari tomonidan “Yashil energetika va yashil iqtisodiyot” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:

1-   Sho‘ba: Yashil iqtisodiyot;

2-   Sho‘ba: Raqamli transformatsiya;

3-   Sho‘ba: Qayta tiklanadigan energiya manbalari;

4-   Sho‘ba: Innovatsion texnologiyalar;

5-   Sho‘ba: Yangi materiallarni yaratish.

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

-       IMRAD uslubida yozilishi;

-       Manba sifatida har bir havola to‘liq ko‘rsatilishi;

-       Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ichki manbalar tartib raqamiga ko‘ra [1], [2], [3] shaklida yoki matn osti iqtibosi shaklida berilishi va haqqoniyligi ta’minlanishi;

-       Muallif ism-sharifi, ilmiy daraja, ish joyi yoki OTM nomi to‘liq ko‘rsatilishi;

-       Muallif fotosurati yuqori sifatli va rasmiy ko‘rinishda bo‘lishi;

-       Aloqa ma’lumotlarida muallifning telefon raqami keltirilishi;

-       Muallif bepul ORCID kodini (elektiron pochtasi orqali orcid.org sayti) ro‘yxatdan o‘tib olish va ko‘rsatishi kerak.

Тezislar 3-5 betgacha, maqolalar esa 5-10 betgacha bo‘lishi kerak.

Anjuman materiallari to‘plami universitet elektron manziliga joylashtiriladi va maqola mualliflariga yuboriladi.

Materiallarni qabul qilish muddati: 2025 yil 1-aprelga qadar.

Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2025 yil 2-3-may.

Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.

Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar mablag‘lari hisobidan OAK ro‘yxatidagi “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” (https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/about) elektron jurnalida va konferensiya materiallari to‘plamida chop etiladi. Har bir maqola va tezis uchun to‘lov 200 000 (ikki yuz ming) so‘mni tashkil etadi.

To‘lov uchun plastik karta raqami:  4195 2500 7100 4608 (Muratov A’zam)

To‘lov maqola qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. Masofadan qatnashganlarga elektron to‘plam bepul yuboriladi.

Saralangan maqolalar Scopus bazasidagi jurnallarga chop etiladi. Buning uchun maqola antiplagiat dasturida va Scopus jurnali tahririyati tomonidan tekshiriladi (qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi). 

            TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

180119, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.

Anjuman tashkilotchisi: Qarshi davlat universiteti

Maqolalarni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin:

Telegram raqam:  +998931558882 (Muratov A’zam)
Email: icgee@qarshidu.uz

Ma’lumot uchun raqamlar:
+998909879238 A.Ochilov,  +998905170536 S.Utayev,  +998979500620 N.Farmonov,

Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan https://icgee.qarshidu.uz/ sayti orqali tanishishingiz mumkin.