
QarDU “Qalqon” jamoatchilik guruhi musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Viloyat oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” jamoatchilik guruhlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi, Janubi maxsus harbiy okrugi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilarning jangovar tayyorgarlik, qurolni to‘g‘ri ishlatish, tezkorlik va chidamlilik, harbiy bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, musobaqa davomida harbiy qism vakillari tomonidan vatanparvarlik darslari ham tashkil etildi. Musobaqa yakunida gʻoliblik Qarshi davlat universitetining “Qalqon” jamoatchilik guruhiga nasib etdi. Axborot texonolgiyalari va menejment universiteti jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, TATU Qarshi filiali jamoasi uchinchi o‘rinni qoʻlga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda pul mukofoti vaucherlari taqdim etildi.