Xorijiy talabalar qabuli-2025

23-Iyun 2025

Xorijiy talabalar qabuli

Kontrakt to‘lovi quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

1.     O‘qish.

2.     Talabalar turar joyi.

3.     Internet (QarDU hududida).

4.     Kutubxona va laboratoriyadan foydalanish.

5.     Xitoy tili, koreys tili, ingliz tili kurslariga qatnashish.

Chet ellik abituriyentlar suhbat orqali qabul qilinadi

Suhbat joriy yilning 21 iyulidan 30 iyulgacha o‘tkaziladi.

Ariza va hujjat topshirish muddati 20 iyulgacha.

Hujjat topshirish tartibi:

Kerakli hujjatlar:

1.     O‘qishga kirish uchun ariza (universitet vebsayti(qarshidu.uz) “Qabul-2025” bo‘limida Word formatda yuklab olishingiz mumkin)

2.     Milliy va xalqaro passport nusxasi.

3.    O‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olgan baholari (ballari) ko‘rsatilgan sertifikat/diplomning rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan nusxasi. Magistratura (MA) darajasiga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasi talab qilinadi.

4.     Elektron rasm (3.5x 4.5) - 2 dona (orqasi oq fonda)

5.     Yashash uchun ruxsatnoma (agar mavjud bo‘lsa)

To‘ldirilgan ariza va barcha kerakli hujjatlar elektron formatda (PDF) “studyin-uzbekistan.uz” portali orqali yoki iro.qarshi2023@gmail.com musayeva.dt@qarshidu.uz elektron pochta manziliga 20 iyulgacha  yuborilishi kerak.

Veb portal: https://studyin-uzbekistan.uz/universities/105/programs

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: 

Dilso‘z Musayeva - Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i

Tel.: +998 97 585 42 48;

E-mail:  iro.qarshi2023@gmail.com

Ariza

Sahifalar

Qabul-2025
Xorijiy talabalar qabuli-2025
Call-center