Mahmudxo‘ja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, milliy ma’rifat rahnamosi

24-Fevral 2025, 07:06
Universitet yangiliklari

Joriy yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlanadi. (https://t.me/qarduuz/26057) Alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga xizmat qilmoqda. 10-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutori Sh.Ashurova hamda tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni vatanparvar insonlar etib tarbiyalash borasidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi. Shuningdek, buyuk mutafakkir ijodidan namunalar keltirilib, faol talabalar taqdirlandi.