Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi

24-Fevral 2025, 07:09
Universitet yangiliklari

17-fevral kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori M.Salomova tomonidan 1-talabalar turar joyida “Milliy qadriyatlar - millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda xalqimizning asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari xususida so‘z yuritilib, Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish singari ezgu fazilatlar milliy qadriyatlarimiz asosi ekanligini ta’kidlandi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan o‘zlari yod olgan she’rlardan namunalar o‘qildi.