
Ham sayohat, ham ziyorat
Aqida ilmining buyuk namoyandalaridan biri, islom dini sofligini saqlash qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlar muallifi Abul Muin Nasafiy bobomiz ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlaridagi bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan hikmatlarni yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabalari Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori S.Xudoyqulov hamrohligida Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida joylashgan Abu Muin Nasafiy majmuasiga bordilar. Sayohat davomida XI asrda qazilgan quduq, Abu Muin Nasafiy maqbarasi yonidagi “Duxtarxona” va qadimiy masjid hamda majmuada tashkil etilgan muzey va kutubxonada bo‘lib, Abu Muin Nasafiyning qo‘lyozma asarlari hamda muzeyda saqlanayotgan Xitoy ipak qog‘oziga bitilgan noyob Qur’oni karim qo‘lyozmasi bilan yaqindan tanishdilar. Muxtasar aytganda, Abu Muin Nasafiyning asarlari yoshlarni turli diniy-siyosiy oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.