Giyohvandlik – asr vabosi

24-Fevral 2025, 07:13
Universitet yangiliklari

Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biridir. Chunki asr vabosi – giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emas. Giyohvandlik yosh avlod salomatligi, hayoti uchun global tahdid. Bu muammoga qarshi kurashish uchun hamkorlik, birdamlik, jipslik zarur! Filologiya fakultetida tashkil etilgan tadbirda shu haqda so‘z bordi. Tadbirda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari Sh.Salimov, K.Qiyomov, universitet profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Boysunov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.