G‘oya - tahlil - natija

24-Fevral 2025, 07:16
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi dotsenti N.Jo‘raqulova tashabbusi bilan kimyo ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi g‘oya” mavzusida tanlov o‘tkazildi. Taqdimotlar orqali bayon etilgan mazmunan mukammal va tahliliy yechimga ega g‘oyalar hakamlar tomonidan xolisona baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Gavhar Azizboyeva birinchi o‘rinni egalladi. Dildora Eshturdiyeva ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nozima Sharipovaga uchinchi o‘rin nasib etdi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.