“Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

24-Fevral 2025, 07:21
Universitet yangiliklari

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol (yigitlar), voleybol (qizlar) va shaxmat-shashka (yigitlar va qizlar) turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi. Musobaqaning ochilish marosimida soʼz olganlar mazkur sport tadbirining ahamiyati, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi. Tadbir doirasida, shuningdek, joriy yilning 7-14-fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida boʼlib oʻtgan IX qishki Osiyo o‘yinlari ishtirokchisi, Sport fakulteti magistranti Asila Shoyimova esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.

Musobaqaning dastlabki kunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Mini-futbol
Filologiya fakulteti 1-2 Fizika fakulteti 
Sport fakulteti 7-1 Xorijiy tillar fakulteti 
Sanʼatshunoslik fakulteti 2-11 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 
Voleybol 
Filologiya fakulteti 0-2 Fizika fakulteti 
Sport fakulteti 2-0 Xorijiy tillar fakulteti 
Sanʼatshunoslik fakulteti 0-2 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti