
Milliy liboslarimiz – ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz timsoli
Fizika fakultetuda "Milliy liboslarimiz – ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz timsoli” mavzusida milliy liboslar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Atlas va adrasdan tikilgan milliy liboslarimizda xalqimizning o‘tmishi, urf-odati hamda an’analari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Milliy matolarimizning qadimiyligi hamda betakrorligi uchun dunyoning hech qaysi joyida uchramaydi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir avvalida Sanoat muhandisligi kafedrasi o'qituvchisi M.Suvonova tomonidan qayd etilganidek, bejirim milliy libosda yurish avlodlarda urf-odatlarimizga qiziqish uyg‘otib, an’analarni shakllantirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida fakultet talaba qizlari tomonidan namoyish etilgan milliy va zamonaviy liboslar yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.