Universitetning “Lochin” jamoasi O‘zbekiston chempionatini g‘alaba bilan boshladi

24-Fevral 2025, 07:25
Universitet yangiliklari

Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi va Toshkent davlat transport universiteti sport majmuasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur bahslari boshlandi. Chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 21 ta voleybol jamoalari ishtirok etmoqda. Kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionatini O‘zbekiston terma jamoasida faoliyat olib borayotgan mahalliy va xorijiy murabbiylar bevosita kuzatib bormoqda. Maqsad mahoratli yoshlarni tanlab olish, terma jamoaga jalb etishdir. Qur’a natijalariga ko‘ra, 21-fevral kunida 7 ta juftlikdagi jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Ahamiyatlisi, O‘zbekiston chempionatida Qarshi davlat universitetining “Lochin” voleybol jamoasi ham ishtirok etmoqda. Jamoamiz dastlabki uchrashuvda TerDU (Surxondaryo) jamoasi bilan bahs olib borib, 3-0 hisobida g‘alaba qozondi. Bugun voleybolchilarimiz U-18 (Yangi Toshkent) jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Chempionat 28- fevralga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: Universitetning “Lochin” voleybol jamoasi oliy ligada ishtirok etishni rejalashtirmoqda