
Kimyo-biologiya fakulteti talabalari pedagogik amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlashdi
Kimyo-biologiya fakulteti Kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari 2025-yilgi pedagogik amaliyot doirasida Qarshi shahridagi 15-, 19-, 23- va 29-umumta’lim maktablarida amaliyot o'tashdi.
Amaliyot davomida talabalar:
• kimyo fanidan dars mashg‘ulotlarini olib bordilar;
• tajribali o‘qituvchilar darslarini kuzatdilar;
• o‘quvchilar bilan individual va guruhli suhbatlar tashkil etdilar.
Shuningdek, maktablarning yig‘ilishlar zalida amaliyot rahbarlari – B.Shodmonov, L.Xolmurodova, A. Allanov va G‘. Shodiyev boshchiligida “Kimyoning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
• talabalar o‘z ilmiy ishlanmalari bilan chiqish qilishdi;
• maktab o‘quvchilari kimyo faniga oid sahna ko‘rinishlari va tajribalar namoyish etishdi;
• fan va ta’lim integratsiyasiga oid fikr-mulohazalar bildirildi.
Amaliyot rahbarlari tomonidan pedagogik amaliyotda faollik ko‘rsatgan talabalar va tadbirda faol qatnashgan maktab o‘quvchilari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Mazkur amaliyot jarayoni talabalar uchun nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki maktab muhitida bevosita faoliyat yuritish tajribasini orttirish uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.