Respublika ishchi guruhi Qarshi davlat universitetining “Kelajakka qadam” markazida seminar o‘tkazdi

6-May 2025, 10:57
Universitet yangiliklari

Seminarda Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlariga tegishli tushuntirishlar berildi. Ma’ruzalar davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari Qarshi davlat universiteti hamda Qarshi davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Kelajakka qadam” markazlariga tashrif buyurib, o‘z biznes loyihalari bilan dastur doirasida ishtirok etishlari mumkinligi ta’kidlandi. Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalari bilan “Kelajakka qadam” markazlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.