
Kinonamoyish
23-Iyun 2025, 11:46
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Uch qahramon” nomli o'zbek filmi namoyish etildi. Kinokartina rejissori va ssenariy muallifi Shohrux Rasulov bo'lib, asosiy rollarni taniqli aktyorlar — Ulug'bek Qodirov, Shohrux Hamdamov, Sirojiddin Sattorov hamda Qozog'istonlik iste'dodli aktyor Tauekel Musilim ijro etgan. “Uch qahramon” filmida jinoyatchilikka qarshi kurashda birdamlik, mardlik, jasorat va qat’iyat bilan xizmat vazifasini ado etib kelayotgan Ichki ishlar xodimlarining faoliyati aks ettirilgan. Mazmunli film namoyishi talaba-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.