Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda

23-Iyun 2025, 12:05
Universitet yangiliklari

19-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “O‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish” mavzusida psixologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan qonunchilik va universitetda amalga oshirilayotgan profilaktika ishlari haqida ma’lumot berildi. Ushbu jarayonda ishtirokchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, uning tahliliy natijalari muhokama qilindi. Psixologlar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikning turlari, ularning psixologik ta’siri, jumladan, zamonaviy zo‘ravonlik usuli — gazlayting haqida atroflicha tushuncha berildi. Gazlayting jabrlanuvchini ishonchsizlik, aybdorlik va yolg‘izlikka tushirish orqali uning ruhiy barqarorligiga putur yetkazadi. Tadbir ishtirokchilarda huquqiy va psixologik bilimni oshirish, zo‘ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.